Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga topshiriladigan testlarning aniqlik darajasi qancha?
21.04.2020 16:35,  
514

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Xususiy klinikalarga ham virusga test tahlil olishga ruxsat berilganini eshitdim. Bu testlar qanday amalga oshiriladi? Ekspress-testlar yordamidami yoki laboratoriya tekshiruvlari bilanmi? Ushbu testlar natijalarining aniqlik foizi qancha?

Javob: Xususiy klinikalarda test o‘tkazish qarori ishlab chiqilmoqda. O‘zbekistonda testlar laboratoriyada polimeraza zanjirli reaksiyasi yordamida amalga oshiriladi. O‘ziga xoslik, sezuvchanlik va ma’lumotlar aniqligi yuqori darajada.

Ekspress-testlar bizda o‘tkazilmaydi.

Savol: Karantin vaqtida bachadon miomasini olish bo‘yicha qayerda operatsiya qilish mumkin. 103 javob bermayapti. Skuterda shoshilinch tibbiy yordam markaziga bordik. U yerda qon to‘xtatuvchi ukol qilishdi va karantin vaqtida hech kim operatsiya qilmasligini aytishdi.

Javob: Bu masalada akusherlik va ginekologiya ixtisoslashgan markazi direktoriga murojaat qildik. Ularning ta’kidlashicha, Markazda yotqizish va operatsiya o‘tkazishda hech qanday to‘siq va muammolar yo‘q ekan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан