Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronaviruslar odamga qanday yuqadi?
2.04.2020 09:55,  
1574

Koronaviruslar bu issiqqonli hayvonlar, ya’ni qushlar va sutemizuvchilarda yashovchi viruslar bo‘lib, olimlar SARS-CoV-2 koronavirusining asl manbasi Xitoyda uchrovchi ot ko‘rshapalaklar ekanligiga shubha qilishmaydi. Lekin shunisi borki, hech qachon ko‘rshapalakning virusi odamga to‘g‘rdan-to‘g‘ri yuqmaydi, uni ushlaganingizda ham, pishirib yeganingizda ham.

Virus ko‘rshapalakdan odamga yuqishi uchun orada vositachi bo‘lishi kerak. Buni biz fan tilida oraliq xo‘jayin deb ataymiz. Virus dastlab mana shu oraliq xo‘jayinga o‘tadi, ana undan keyin undan odamga o‘tadi. Shunda ham oraliq xo‘jayinni yeyish shart emas, uni ushlash kifoya. 

Yanvar oyining 22-kuni Journal of Medical Virology jurnalida SARS-CoV-2 koronavirusining oraliq xo‘jayini ilonlar ekanligini haqida maqola chop etildi. O‘sha vaqtda juda ko‘p virusologlar bu versiyaga o‘z e’tirozlarini bildirganlar, sababi ilonlar sovuqli hayvon va ularda koronaviruslar yashamaydi.

Shundan keyin fevral oyining dastlabki kunlarida Nature jurnalida yana bir tadqiqot ishi chop etildi. Unda SARS-Cov-2 ning oraliq xo‘jayini pangolinlar ekanligi haqida yoziladi. Bu endi ancha haqiqatga yaqin versiya edi. Lekin shunday bo‘lsada, oraliq xo‘jayin boshqa bo‘lishi mumkin degan versiya saqlanib qoladi.

22 mart kuni Journal of Proteome Research jurnalida yana bir tadqiqot ishi chop etildi. Unda yuqoridagi ikki versiya ilmiy-tanqidiy o‘rganilib chiqib, virus genomi qaytadan o‘rganildi va odam va ko‘rshapalakdagi SARS-CoV-2 koronavirusi 91% holatda pangolinlardagi virus bilan o‘xshash ekanligi qayd etildi. Ushbu tadqiqot ikkinchi versiyaning to‘g‘riligini yana bir bor tasdiqlab berdi.

Mana endi Siz aslida koronaviruslar odamga qanday yuqqani bilasiz. Nima uchun bular haqida yozmoqdaman. Aqlli, dunyoqarashi keng, zamonaviy ilm-fan yangiliklaridan xabardor odam ayrim "sariq pressa"lardagi ishonchsiz ma’lumotlarni o‘qib unga ishonib ketmasdan, masalaga ilmiy asosda, haqqoniy yondashishga harakat qiladi. Zamonaviy jamiyatda bu Sizning holatdan naqadar xabardor ekanligingizni bildiradi.

Koronavirusning laboratoriyada yaratilgani haqidagi gap bu qo‘pol qilib aytganda bog‘cha bolalarning gapi, sababi biz hozir XXI asrda yashayapmiz. Dunyoda AQSh yoki Xitoy mutaxassislaridan kam bo‘lmagan va davlati ushbu ikki davlat orbitasiga tushib qolmagan olimlar anchagina, agar u yoki bu davlat bir-biriga ziyon yetkazish uchun laboratoriyada virus yaratib pandemiya keltirib chiqarganda edi, ana o‘sha mutaxassislar allaqachon buni aniqlab aytishgan bo‘lar edi.

Qolaversa birorta virusolog koronavirusning laboratoriyada yaratilganini tasdiqlamagan, bu haqidagi taxminlarni ular keskin rad etishgan. O‘ylaymanki, siz ham olimlarga ishonasiz va shunga qarab xulosa qilasiz.

* * *

Pangolinlar bu sutemizuvchi hayvonlarning alohida turkumi bo‘lib, ularning 8 ta turi bor. Terisi tashqi tarafdan qattiq va yirik muguz tangachalar bilan qoplangan. "Muzlik davri" multfilmini ko‘rganlar bo‘lsa, bu hayvonni yaxshi taniydi. Uzun tili yordamida chumoli va termitlarni inlari, daraxt kavaklaridan terib yeydi. Ba’zilar bularni chumolixo‘rmi deb so‘rashadi, yo‘q bular chumolixo‘r emas, lekin ikkisi gavda shakli bo‘yicha bir-biriga o‘xshaydi, faqat chumolixo‘rlarda bulardagidek muguz tangachalar bo‘lmaydi. 

Pangolinlar asosan Afrikaning markaziy va janubiy qismida, Hindiston va Hindi-Xitoy o‘lkalarida uchraydi. Pangolinlar Xitoyda an’anaviy tabobatda qo‘llaniladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан