Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusni davolashda zanjabilni dorilar o‘rnida qabul qilsa bo‘ladimi? 
5.10.2020 13:51,  
627

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi haqida aholi savollariga javob qaytarildi.

— Koronavirusni davolashda zanjabilni dorilar o‘rnida qabul qilsa bo‘ladimi? 

— Zanjabil ilmiy tibbiyotda keng ishlatiladi. Zanjabilning juda ko‘p foydali xususiyatlari bo‘lganligi sababli nafaqat maza berish, balki davolovchi oziqa sifatida ham ishlatiladi. 

Zanjabil ildizi tarkibida ko‘plab: S, V1, V2 guruh vitaminlar, mineral moddalar:  alyuminiy, kaliy, kalsiy, temir, marganets, fosfor, kapril, nikotin va linol kislotalari mavjud.  Uning ta’sir qiluvchi moddalari shogaol va gingerol hisoblanadi. 

Bu moddalar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, o‘smalarga qarshi, antimutagen va boshqa xususiyatlarga ega.

Eksperimental izlanishlar zanjabil ildizining spirtli ekstrakti pnevmoniya va boshqa yuqori nafas a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarida foyda berishini ko‘rsatgan. Lekin uni ham me’yorida iste’mol qilish zarur, chunki u bolalarda, homiladorlarda allergiyani keltirib chiqarishi mumkin. 

Zanjabil koronovirus infeksiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, lekin bir o‘zi monoterapiya sifatida  yordam bermaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан