Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusni yo‘tal orqali aniqlovchi ilova yaratildi
13.03.2021 13:55,  
211

Buyuk Britaniyaning Esseks universiteti olimlari odamda koronavirus borligini yo‘tal ovozi bilan aniqlaydigan dastur yaratdilar, deb yozadi The Times’ga tayanib Mir24.

Dastur DeepCough3D deb nomlanadi. U sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan. Ilova allaqachon Ispaniya va Meksikadagi shifoxonalarda yo‘talayotgan odamlarning deyarli 8,4 ming audio yozuvlarida sinovdan o‘tgan. Loyiha mualliflari o‘zlarining dasturlari odamda koronavirusning mavjudligini yoki yo‘qligini 98% hollarda to‘g‘ri aniqlagan deb da’vo qiladilar.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, DeepCough3D oddiy yo‘tal va koronavirus sabab bo‘lgan yo‘tal o‘rtasidagi farqni sezadi. Olimlarning ta’kidlashicha, inson eshitish qobiliyati bu farqlarni ajrata olmaydi.

Ilova, shuningdek, odamning koronavirus bilan qanchalik yomon kasalligini aniqlashni biladi. Ushbu ma’lumotlar shifokorlarga tibbiy asbob-uskunalardan, masalan, shamollatish vositalaridan yanada yaxshiroq foydalanishga yordam beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан