Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusning «Britan shtammi»da o‘limlar soni nega ko‘p — JSST eksperti izohi
23.01.2021 17:43,  
550

Koronavirus infeksiyasidan o‘lim holatlari soni o‘sishi faqat yangi shtammlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq emas. 22 yanvar kuni o‘tkazilgan brifingda JSST eksperti Mariya van Kerkxove shunday bayonot berdi.

Ekspert Buyuk Britaniya olimlaridan yangi shtamm kasallikni yanada og‘irlashtirish bilan birga, ko‘proq o‘lim holatlariga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot olinganini aytdi.

«Biroq boshqa bir omilni ham hisobga olishimiz shart. Transmissivlik, ya’ni kasallar sonining oshishi statsionar va intensiv terapiya bo‘limlarida yotgan bemorlar soni yanada ko‘payganini ham anglatadi. Oqibatda sog‘liqni saqlash tizimiga bosim yuki oshib ketyapti, shuning uchun ham o‘limlar soni ko‘paymoqda», — dedi Mariya van Kerkxove.

Koronavirus har qancha mutatsiyaga uchrashidan qat’i nazar, avvalo infeksiya tarqalishining oldini olishimiz shart, ta’kidladi mutaxassis.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson yangi shtamm ko‘proq o‘limga sababchi bo‘layotganini ma’lum qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан