Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusning «britancha shtammi» nimasi bilan havfli? Shtab a’zosi izoh berdi
1.02.2021 17:34,  
656

Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasining “britancha” shtammiga chalingan ilk bemor qayd etildi. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi E’zozbek Rizayev Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga bu kasallikning tarqalishi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Shtab a’zosining so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil oxirida Xitoyning Uhan shahrida yangi COVID-19 virusi aniqlangan edi. O‘tgan davr mobaynida butun dunyo olimlari uni tekshirish, aniqlash va davolash yo‘lida ilmiy izlanishlar olib bordi hamda bu ishlar hanuzgacha davom etmoqda.

O‘tgan fursat ichida virus ham o‘zgarib, mutatsiyaga uchrab, yangidan yangi shakllarga o‘tib bordi. Ayni paytdagi virus avvalgisidan 20ta jihati bilan ajralib turadi. “Britancha” shtammning ikki oy mobaynida 17ta jihati o‘zgarib, tez mutatsiyaga uchramoqda. Shuningdek, u o‘ta yuquvchan va yoshlarni ham zararlay olishi mumkin bo‘lganligi bilan ham xavflidir.

Koronavirusning yangi B.1.1.7 shakli tez sur’atlarda tarqalishi bilan dunyo olimlari e’tiborini tortdi va yangi shtamm tariqasida ifoda etildi.

Virus mutatsiyasini uzoq vaqt onkologik kasallikka chalingan va immunitetni bosuvchi dori vositalarni qabul qilgan inson organizmida uzoq muddat mutatsiyaga uchrashi natijasida yuzaga kelgani qayd etilmoqda.

Shu bois, yangi shtammni PZR test yordamida aniqlash mushkul ekanligi aytilmoqda. Mutatsiyaga uchragan virus PZR tekshiruvidagi immun javobni aylanib o‘tishga qodirligi, uni to‘g‘ri diagnostika qilish bir oz mushkul ekani bilan ham ajralib turadi.

 “COVID-19 virusining B.1.1.7 shakli - “britancha” shtammi o‘z tarkibidagi ikkita aminokislotani yo‘qotib, organizmning immun javobi, ya’ni, antitanachalarini aylanib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. Bu virusning tez tarqalishiga imkon yaratyapti. Shu bois, yangicha shtamm keng tarqalib ketishining oldini olishimiz kerak. Buning uchun esa, karantin talab-qoidalariga so‘zsiz rioya qilishimiz zarurligi shubhasiz”,- deya ta’kidladi E’zozbek Rizayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан