Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusning "simptomsiz" bemorlaridan infeksiya yuqtirish xavfi bormi?
19.06.2020 16:03,  
613

— Koronavirusning "simptomsiz" (klinik belgilari bo‘lmagan) tashuvchisi nima?

— Bunda infeksiya qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shilliq qavatda, ajratmalarda bo‘ladi, lekin hech qanday alomatlarni namoyon etmaydi.

Ko‘pincha alomatlar virus yo‘qolmaguncha paydo bo‘lmaydi. Biroq "simptomsiz" deb hisoblangan ko‘p bemorlarda kasallik yashirin davrda bo‘lishi, alomatlar esa sekin-asta rivojlanishi mumkin.

Bunday bemorlarda kompyuter tomografiyasi virusli pnevmoniyani aniqlaydi, bemorning ahvoli esa kutilmaganda og‘irlashishi mumkin.

— "Simptomsiz" bemorlar atrofdagilarga virus yuqtirishda nechog‘li xavfli?

— "Yashirin" bemorlar, "simptomsiz" virus tashuvchilari ko‘p hollarda yon-atrofdagilar uchun infeksiya manbai bo‘lib qoladi.

Bunga sabab — inson o‘zini tetik his qilishi natijasida tekshiruv natijalari olingunga qadar faol hayot tarzi bilan yashashda davom etadi. Bunday hollarda ko‘pincha karantin qoidalariga rioya qilish tavsiyalari buziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан