Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusning tarqalishiga oid yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
23.02.2020 15:15,  
5476

Yangi turdagi koronavirusning odamdan odamga yuqishi o‘tgan yilning noyabrida yoki dekabr oxirida boshlangan. Aynan shu tariqa virus butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoriga kelib qolgan. Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi tropik botanika bog‘i olimlari shunday xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda Caixin nashri

Yanvar oyi oxirida Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari yuqtirishning ehtimoliy manbalaridan biri sifatida virus tarqalishining o‘chog‘i bo‘lgan Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida noqonuniy sotilgan ko‘rshapalaklar deb hisoblashgan edi.Endilikda olimlar ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan yangi turdagi koronavirusning 90 ortiq namunalarini tahlil qilib, u dengiz mahsulotlari bozoriga boshqa joydan tushgani, so‘ngra ham bozorning o‘zida, ham uning tashqarisida tarqalganini aniqlashdi.

Bozorda birinchi kasallangan kishi 15 dekabrda paydo bo‘lgan. Olimlarning fikricha, shartli “ilk bemor”, aftidan, virusni bundan bir necha hafta ilgari yuqtirib olgan. Yomon sanitariya sharoitlari va odamlar gavjumligi tufayli bozor kasallik o‘chog‘iga aylangan.

Shunday qilib, tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, virusning odamdan odamga yuqishi, ehtimol, o‘tgan yilning noyabr oxiri dekabr boshida boshlangan. Keyin esa Uxandagi dengiz mahsulotlariga bozoriga yetib kelgandan so‘ng avj olgan.

Olimlar tahlil qilingan koronavirus genomlarining aksariyati bir xil yuqtirish manbasiga ekanligiga e’tibor qaratishgan, bemorlar Uxanda o‘zlari kasallangan, yoki bu shahardan bo‘lganlardan virusni yuqtirib olishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан