Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘shni Respublikada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlanishi mumkin
6.04.2021 11:02,  
621

Qirg‘izistonda koronavirusning uchinchi to‘lqini may-iyun oylarida boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Alimqodir Beyshenaliyev ma’lumotlariga tayanib, «Sputnik.kg» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, olimlar kasal bo‘lganlarga antitanachalar 8–12 oygacha yetishini ta’kidlagan.

«Koronavirusning birinchi to‘lqinida — 2020 yil iyun-iyul oylarida — og‘ir kasallikka chalingan odamlarda ko‘proq antitanachalar shakllangan bo‘lsa, yengil formalarda antitanachalarning tugashi yana kasal bo‘lishga olib kelishi mumkin. Uchinchi to‘lqinning iyun-iyul oylarida boshlanishi taxmin qilingan, ammo kasallanish ko‘rsatkichi allaqachon o‘sib bormoqda. Shu sabab jamoaviy immunitet hosil qilish maqsadida koronavirusga qarshi million yoki undan ham ko‘p odamni emlash zarur. Rejaga muvofiq, o‘z vaqtida ulgurmoqdamiz», — deya ta’kidlagan Beyshenaliyev.

Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston rasmiylari Rossiya hukumati bilan muhojirlarni bepul emlash bo‘yicha kelishib olgan. Qirg‘izistonda emlash 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni hisobga olmaganda taxminan 2,5–3 million kishini qamrab olishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda koronavirus epidemiyasining birinchi to‘lqini kasallanish va o‘limning ko‘payishi bilan o‘tgan yozda qayd etilgan. Ikkinchi to‘lqin esa 2020 yil oktyabridan 2021 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан