Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusning yangi shtammi dunyoning 40 dan ortiq mamlakatiga tarqaldi — JSST
7.01.2021 09:10,  
333

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dastlab Buyuk Britaniyada tarqalgan yangi shtamm dunyo bo‘ylab tez tarqalayotgani yuzasidan izoh berdi. Bu haqida Forbes nashri xabar qildi.
Virusning yangi shtammi insoniyatga katta xavf tug‘dirishi mumkunligi haqida dalillar mavjud emas. Dekabr oyi o‘rtalarida Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi turi bugunga qadar yana 40 mamlakatda aniqlandi. 
JSST hisobotida aytilishicha, 5 yanvar holatiga ko‘ra koronavirusning "inglizcha" varianti "boshqa 40 mamlakatda kam sonli insonlarda qayd etilgan". JSST bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi shtamm tarqalish tezligi yuqori, ammo virus COVID-19ning dastlabki varianti kabi katta xavf tug‘dirmaydi. JSST, shuningdek, Janubiy Afrikada topilgan koronavirusning yana bir turini yuqtirish holatlari 5 yanvarda yetti mamlakatda kuzatilganini aytdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabariga ko‘ra, hozirga qadar dunyoning 191 mamlakatida COVID-19 aniqlandi. Ushbu infeksiyani yuqtirganlarning 83 milliondan ortig‘i ro‘yxatga olingan, ularning 1,8 milliondan ko‘prog‘i vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан