Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusning yangi shtammi Xitoygacha yetib bordi.
1.01.2021 11:53,  
429

Buyuk Britaniyada tarqalgan yangi, yuqumli koronavirus turi Xitoyda ham aniqlandi. Bu haqda The Straits Times sog‘liqni saqlash sohasidagi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, virusning mutatsiyaga uchragan turi Britaniyadan qaytib kelgan 23 yoshli shanxaylik ayoldan topilgan. Unga COVID-19 ning yengil alomatlari tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlar ayol bilan suhbatlashgan barchani kuzatuvga olgan.
Hozirda koronavirusning yangi turi Buyuk Britaniyadan tashqari kamida 17 mamlakatda aniqlangan. Shimoliy Amerikada yangi shtammni yuqtirish bo‘yicha birinchi holat Kanadada 26-dekabrda aniqlandi. 50 dan ortiq mamlakat Buyuk Britaniyaga parvozlarni to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada sentabr oyida koronavirusning yangi, yuqumliroq B.1.1.7 shtammi aniqlandi. Dekabr o‘rtalariga kelib, Londondagi kasallanish holatlarining uchdan ikki qismi virusning shu varianti bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. 20-dekabrdan Britaniya hukumati yangi shtamm tufayli koronavirusga qarshi cheklovlarni kuchaytirdi.
Hozirgacha yangi shtamm Buyuk Britaniyadan tashqari Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Braziliya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Iordaniyada, BAA hamda AQShda aniqlandi.

Manba.Daryo.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан