Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirussiz Turkmanistonda koronata’sir: ichki reyslar narxi amalda 15 baravar qimmatlashdi
15.10.2020 10:06,  
273

Turkmanistonda ichki aviaqatnov chiptalari narxlari rasmiy belgilangan narxidan 15 barobar yuqori sotilmoqda. Soha xodimlari koronavirus epidemiyasi tufayli viloyatlarni bir-biri bilan bog‘lovchi yagona transport narxini istaganicha “qo‘ymoqda”, deb yozadi «Xronika Turkmenistana» nashri.

Turkmanistonda 16 iyuldan temir yo‘l harakati, 27 iyuldan avtobuslar qatnovi to‘xtatildi.

Poytaxt Ashxobodni viloyatlar bilan bog‘lovchi yagona vosita aviaaloqa bo‘lmoqda. Reyslar soni cheklangani sababli soha xodimlari mavjud vaziyatdan shaxsiy boyish maqsadida foydalanmoqda.

Sovetlardan qolgan taktika

Ichki reyslarga chiptalarni sotishda kassirlar navbatda turgan birinchi bir nechta odamlarga xizmat ko‘rsatishadi, keyin esa ular chiptalar tugaganligini aytishadi. Ammo chiptalar tugamaydi, faqat ularni sotib olish to‘g‘risida kassalar bilan "kelishib olish" kerak.

Masalan, hozirda Ashxaboddan Toshhovuzga kuniga ikki reys mavjud. Rasmiy chiptaning narxi - 87 manat. Karantin paytida norasmiy narx ko‘tarilib, 7 oktyabr kuni 1500 manatni tashkil etdi ("qora bozor" kursi bo‘yicha $65).

Biroq, ushbu narxda ham chiptalarni sotib olgan odamlar samolyotga chiqishlariga amin bo‘lolmaylidar. Har bir reys uchun taxminan 15 ta qo‘shimcha chipta sotiladi, shuning uchun ba’zi yo‘lovchilar bortga chiqmaydilar. Ular kassaga borib, chiptani qaytarib berishlari mumkin, ammo ularga 1500 emas, atigi 87 manat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkamiston rasman COVID-19 qayd etilmagan dunyodagi sanoqli mamlakatlar safiga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан