Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusning yangi turi O‘zbekistonga yaqinlashib qolmoqda
4.01.2021 21:06,  
2989

Koronavirusning yangi Buyuk Britaniyada aniqlangan yanada yuqumliroq ekani aytilayotgan shtammi O‘zbekiston chegaralariga tobora yaqinlashyapti", - deya yozmoqda Qalampir.uz. Bir necha kun oldin Turkiyaga kirib borgan "britancha" shtamm, endilikda Kavkazortida ham aniqlandi.
Gruziyalik shifokorlar mamlakatda ilk bor koronavirusning Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan turini aniqlashdi. Bu haqda Gruziya Sog‘liqni saqlash vazirligi Kasalliklarni nazorat qilish va jamoat salomatligi milliy markazi matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz uchta shubhali holatni o‘rgandik. Ikkita holatda yangi shtamm aniqlanmadi, biroq uchinchisida, dekabr o‘rtalarida olingan namunalarda “britancha” shtammga xos  mutasiya irsiyati aniqlandi”, deyiladi xabarda.
 
Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, bemor 50 yoshdan oshgan erkak kishi. Uning ahvoli qoniqarli. U izolyasiyaga olingan va u bilan aloqada bo‘lganlar aniqlangan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Gruziyada 229 763 kishida koronavirus aniqlangan. 222 405 nafar bemor sog‘aygan va 2 628 nafari vafot etgan.
Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi.
Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан