Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Korrupsiyaga qarshi kurashda bir qator o‘zgarishlar bo‘ladi
18.05.2021 13:11,  
308

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Bu haqda ayni damda o‘tayotgan Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ma’lum qilingan. 

Jumladan:

-  parlament tomonidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzani ko‘rib chiqish tartibi;

- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining qamoqda saqlash joylariga mone’liksiz kirishi;

- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zining, shuningdek yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingani ma’lum qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан