Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Parkent hokimligining ishi yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yubordi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Parkent hokimligining ishi yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yubordi

Avvalroq, Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan «Mega Karer» MChJdan Kaptiva rusumli avtomobil 260 mln. so‘mga sotib olingani to‘g‘risida xabar bergan edik. Xabarda sotuvchi va sotib oluvchi mansabdor shaxsning yaqin qarindoshlik aloqalari bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Parkent hokimligi 260 mln so‘m byudjet pullariga minilgan Kaptiva sotib oldi

Parkent tumani hokimligi olgan “Kaptiva” yuzasidan izoh berildi

Keyinroq, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati haqiqatdan ham Parkent tumani hokimligi davlat byudjeti mablag‘lari evaziga Kaptiva avtomobili xarid qilganini va vositachi korxona ta’sischilaridan biri tuman hokimining o‘g‘li ekanligini tasdiqlagan edi.

Yuqoridagi harakatlarda davlat hokimiyati vakilining o‘z mansabidan foydalangan holda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari mavjudligini inobatga olib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rovnoma yubordi.

Agentlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan OAV va keng jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi.