Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga bir qator huquqlar berildi
7.12.2021 17:20,  
325

Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 7 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyatini takomillashtirishning qo‘shimcha choralari haqida"gi qaroriga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan agentlik bir qator vakolatlarga ega bo‘ladi.

Unga ko‘ra, agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma’lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’lumotlarni olish, shuningdek tadqiqotlar va ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish hamda tahliliy materiallar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhlarini tuzish huquqiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, agentlikka quyidagi huquqlar berilmoqda:

— Agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki boshqa ta’sir choralarini ko‘rish uchun korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish va ushbu xabarlarni tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’lumotni talab qilish;

— Ommaviy rezonans va muhokamalar, ya’ni jamiyatning ma’lum bir hodisaga bo‘lgan hissiy munosabati, jamoatchilik e’tiborini tortgan va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda matbuot anjumanlarini o‘tkazish.

Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlar borasida jamoatchilikni xabardor qilishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:

— Ommaviy rezonans va muhokamalar, ya’ni jamiyatning ma’lum bir hodisaga bo‘lgan hissiy munosabati, jamoatchilik e’tiborini tortgan va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar aks etgan xabarlar bo‘yicha – o‘n kun muddatda;

— Boshqa korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risida hamkor organlar bilan kelishuvga ko‘ra har chorak yoki yarim yillik yakunlari bo‘yicha;

— Korrupsiyaga oid jinoyatchilik holati, tendensiyalari, sodir bo‘lish sabab va shart-sharoitlari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida – yil yakuni bo‘yicha.

Hujjat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, agentlik jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, OAVning xabarlarini o‘rganish asosida, shuningdek, o‘z tashabbusi bilan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etishga haqli etib belgilandi.

Bundan tashqari, agentlikka davlat organlari faoliyati ochiqligi sohasida yuklatilgan qo‘shimcha vazifalarni moliyalashtirishga ko‘maklashuvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

2022 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarga korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi tunu-kun faoliyat yuritadigan Call-markaz ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан