Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish ishlari jadallashadi
13.11.2021 14:25,  
92

Bosh prokuraturada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh prokuratura maxsus komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish lozimki, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda jamoatchilik ishtirokini yanada oshirish, latent (yashirin) holatda qolayotgan jinoyatlarni barvaqt aniqlash, ularni o‘z vaqtida fosh etishda tashabbuskor hamda faol fuqarolarning ishtirok etish darajasini kengaytirish va ularni rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 829-son qarori ijrosini samarali ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O‘zbekiston Harbiy va Transport prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi departamentda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiyalar tashkil etilib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish borasidagi ishlarni tashkil etish, bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakuni bo‘yicha maxsus komissiya a’zolariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан