Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kosmonavt Yer ustidan uchrayotgan noma’lum jismlarni videoga oldi
19.08.2020 21:23,  
651

Xalqaro kosmik stansiya bortida ishlaydigan rus kosmonavti Ivan Vagner Twitter'da Antarktida ustidan tasvirga tushirilgan videoni joylashtirdi, unda kosmosda uchib ketayotgan beshta noma’lum jism aks etgan. 

 

"Ammo videoda siz shunchaki porlashning o‘zi emas, balki boshqacha narsani ko‘rasiz ... 9-12 sekundda parallel yo‘nalishda va bir-biridan bir xil masofada uchib ketadigan beshta jism paydo bo‘ladi", deb yozdi Vagner tvitterda.

U meteorlar, yo‘ldoshlar yoki boshqa biron bir narsa bo‘lishi mumkin deb gumon qildi. "Ma’lumotlar Roskosmos davlat korporatsiyasi rahbariyatiga yetkazildi. Materiallar tahlil qilish uchun SNIIMash va Rossiya Fanlar akademiyasining Fazoviy tadqiqotlar institutiga topshirildi", - deya qo‘shimcha qildi kosmonavt.

Vagnerdan tashqari, hozirda XKS bortida rossiyalik Anatoliy Ivanishin va amerikalik Kristofer Kassidilar bor.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан