Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kosonsoydagi «maxluq» g‘ayritabiiy mavjudot emas, odam ekanligi ma’lum bo‘ldi
4.09.2020 11:17,  
6433

So‘nggi kunlarda Kosonsoy tumani Hurriyat mahallasida qandaydir noma’lum shaxs kechalari fuqarolar tinchini buzib, ularni qo‘rqitib yurgani, uni ushlamoqchi bo‘lishganida tomga qochib ketgani, u juda ham kuchli va chaqqon, hattoki to‘rt oyoqda yurishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Buning natijasida bir necha kundan beri aholi tinchi buzilgan. Hattoki ayollar va bolalar kechasi ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolishgan. Achinarlisi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz mish mishlar yashin tezligida butun tuman bo‘ylab tarqalib ketdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, ayni damda tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va bu surishtiruvlar natijasida shu ayon bo‘ldiki shov shuvlarga sabab bo‘layotgan bu g‘ayritabiiy mavjudot emas. Olingan izlar bu odam ekanligini ko‘rsatmoqda. U hozirgacha hech qanday jinoiy ish (o‘g‘rilik, qotillik, shikast yetkazish....) qilmagan. Shunday ekan ortiqcha vahima va qo‘rquvga hojat yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан