Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqea
25.05.2021 08:50,  
2800

Xalqaro yo‘lchi aviatsiyasi tarixida qaroqchilikni eslatadigan voqea yuz berdi. 23-may kuni Buyuk Britaniyaga qarashli arzon chipta sotib xizmat ko‘rsatadigan RYANAIR aviakompaniyasining Afina - Vilnyus yo‘nalishida uchayotgan uchog‘i asossiz ravishda Minsk ayeroportiga qo‘ndirilgan. 

Uchoq Belarus havo hududidan uchib o‘tayotganida Minsk ayeroportidan "uchoqda bomba bor, Minskka qo‘ning" degan buyruq olgan. Kema komandiri yo‘lchilarga uchoqdagi texnik nosozlik sabab, Belarus boshkentiga qo‘nishlarini bildirgan. Yo‘lchi uchog‘i Belarus harbiy havo kuchlariga tegishli MiG-29 qiruvchi uchog‘i kuzatuvida qo‘ndirilgan. Lekin, bomba bahonasi muxolifatchi Roman Protasevichni Belarusda ushlab qolish uchun o‘ylab topilgani ma’lum bo‘ldi.

Ayeroportga qo‘ngan uchoqdan yo‘lchilar tushirilib, ularning yuklari shundoqqina uchoqning yonida hech qanday xavfsizlik choralari ko‘rilmasdan bomba bor-yo‘qligi tekshirilgan. Tabiiyki, bomba topilmagan. NEXTA telegram kanali yaratuvchisi va bosh muharriri Protasevich va ayol sevgilisi o‘sha yerda qamoqqa olingan. Uchoqni qo‘ndirishga prezident Aleksandr Lukashenko buyruq berganiga ishoniladi. 

Xalqaro yo‘nalishda uchib o‘tayotgan yo‘lchi havo kemasini qaroqchilik yo‘li bilan o‘z mamlakatiga qo‘ndirish belarus xalqiga qimmatga tushadi. Chunki, xalqao yo‘nalishda uchayotgan uchoqlar mamlakat havo hududini aylanib o‘tadi. Xalqaro yo‘lchi aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)ga Belarus ko‘k yuzidan uchib o‘tmaslik haqida taklif kiritilgan. Ovro‘pa ittifoqi esa Belarusga nisbatan jazo choralari kiritishi kutilyapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан