Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kuch ishlatar tuzilmalarining Farg‘ona vodiysidagi qo‘shma jangovar mashg‘ulotlaridan fotogalereya
12.04.2019 13:17,  
18

9−13 aprel kunlari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev rahbarligi ostida Qurolli Kuchlarning barcha tarkibiy qismlarining hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Sof.uz'ga xabar qildi.

Mashg‘ulotlarga Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va boshqa bo‘linmalari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan.

11 aprel kuni Sharqiy harbiy okrugining bir nechta poligonida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti rejasiga muvofiq kuch tuzilmalarining mintaqadagi vaziyat beqarorligining oldini olish hamda chegaraoldi hududlarida joylashgan aholi punktlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha harakatiga oid masalalari amalda ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан