Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kuchli ta’sir etuvchi dorilarni retseptsiz sotganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
22.07.2020 18:29,  
111

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun (O‘RQ-629-son, 21.07.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bog‘lik noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik ko‘rsatilgan moddalariga tegishli qo‘shimchalar kiritildi. 

Xususan, Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilanib, ushbu harakatni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mazkur o‘zgartirishlar Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан