Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi
2.11.2021 13:12,  
63

Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat Bojxona qo‘mitasi hamkorlikda Toshkent shahrida psixotrop dorilar savdosiga qarshi bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazdi. Xususan, joriy yilning 26 oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.T. va M.M.lardan kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop modda bo‘lgan 7504 dona “Regapen” dori vositasi olib qo‘yildi.

Shuningdek, tadbir davomida U.T.ning kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlash joyidan 1650 dona “Tropikamid”, 5617 dona “Selofen” va 756 dona “Regapen” dorilari borligi aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘ildi.
Psixotrop moddalar sotish va saqlash yuzasidan joriy yilning 28 oktyabr kuni yana bir holat qayb etilgan bo‘lib, fuqarolar J.Z., K.J. va X.K.lar tezkor tadbir davomida ushlanib, ulardan 1310 dona “Tropikamid”, 2100 dona “Regapen” va 510 dona “Selofen” dori vositalari olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, 30 oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.Sh. va Sh.M.larning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda avtomashinadan 2000 dona “Tropikamid” va yashash manzilidan 4070 dona “Selofen” va 300 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylashtirilib olib qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан