Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Yaponiyada 145 ming kishi evakuatsiya qilinadi
4.07.2020 10:09,  
377

Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi kuchli yog‘ingarchilik tufayli, Kumamoto prefekturasida 145 ming odamni evakuatsiya qilish tavsiya qilindi va e’lon qilindi. Bu haqda mahalliy NHK telekanaliga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

Kagosima va Kumamoto prefekturalarida yomg‘ir tufayli eng yuqori darajadagi, beshinchi darajadagi xavf e’lon qilindi. Ushbu daraja mahalliy aholi uchun "Hayotingizni asrang!" degan ma’noni anglatadi. Metrologiya xizmatining ogohlantirishicha, yomg‘ir shu darajada kuchli bo‘ladiki, mahalliy aholi hayoti davomida bunaqasini ko‘rmagan. Kumamoto prefekturasida 80 ming odamni zudlik bilan evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yana 65 ming kishini ham ko‘chirish tavsiya qilinmoqda.

Voqea joyidan daryolarning toshishi hamda ko‘chkilar yuzaga kelgani haqida xabar berildi. O‘lganlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан