Kun hisoboti: Qirg‘izistonda portlash, hali ham daragi chiqmay turgan Abdulloh, Tallimarjonda “avariya” va boshqalar

Kun hisoboti: Qirg‘izistonda portlash, hali ham daragi chiqmay turgan Abdulloh, Tallimarjonda “avariya” va boshqalar

Yakunlanib borayotgan 8 noyabr kuni O‘zbekistonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Sof.uz dayjestida.​

O‘zbekistonda Xitoy raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Navoiy viloyatidagi “Qulquduq” havo-yer harbiy poligonida Xitoyda ishlab chiqarilgan FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi zenit-raketa majmualari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Batafsil: sof.uz/yjb

Abdulloh Tohirov ishi bilan qaysi idora shug‘ullanyapti?

Andijon viloyat IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Ergashevning mashinasi bilan to‘qnashuvdan so‘ng o‘g‘li Abdullohning qayerda ekanini hamon bilmayotgan Dilmurod Tohirov saytlarga shikoyat qilgan.

IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov Tohirov ishi yuzasida izoh berarkan, "IIV Abdulloh Tohirov ishiga izoh berolmaydi. Bu masala bilan boshqa idora shug‘ullanyapti. Ayni damda ushbu idora matbuot uchun xabar tayyorlayapti va tez orada oshkor qilinishi rejalashtirilgan" dedi.

Batafsil: https://sof.uz/05p

Haydovchi to‘pponcha o‘qtalgan videoga izoh berildi