Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kunlik koronavirus yuqtirganlar soni 400 dan oshdi - O‘zbekiston
9.07.2020 08:56,  
29

8 iyul, chorshanba kuni O‘zbekistonda 422 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Shu vaqtga qadar kunlik aniqlanishlar soni 400 ga yetmagandi.

Koronavirus bo‘yicha statistika har kungidek uch marta soat 10:00, 17:00 hamda 23:30 da berib borilmoqda.

422 holatdan 295 nafari karantin muassasalarida, 127 nafari aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusdan vafot etish bo‘yicha ham kunlik antirekord yangilandi - bir kunda 5 nafar. Vafot etganlarning 3 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va yana 1 nafari Navoiy viloyatida.

Shuningdek Toshkent shahri, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 249 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11092 nafar bemordan 7060 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3987 nafar bemordan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан