Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Kun.uz» o‘chirib tashlangan maqolasini qayta e’lon qildi va OAVga bosim o‘tkazilganini bildirdi
19.09.2020 19:07,  
1637

«Kun.uz» nashrida Qashqadaryoning Kitob tumanida mahalliy ma’muriyat kambag‘allik ro‘yxati («temir daftar»)ga kiritilmagan shaxslarga yer ajratib berilgani to‘g‘risida maqola e’lon qilingani, biroq u keyinroq o‘chirib tashlangan edi.

O‘chirib tashlangan material «Daryo.uz» va «Gazeta.uz» nashrlarida e’lon qilinganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda blogerlarning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi. 19 sentyabr kuni «Kun.uz» ushbu maqolani qayta e’lon qildi va uni «turli shaxslar o‘z amal va imkoniyatlaridan foydalanib, qo‘ng‘iroqlar bilan maqolani saytdan o‘chirtirishganini» bildirdi.

«Temir daftarʼ bo‘yicha navbatdagi spektakl. Rollarda yana mahalla raisi va tuman mutasaddilari» sarlavhasi ostidagi maqola 15 sentyabr kuni soat 21:20 da e’lon qilingan (u 15 ming martadan ko‘proq o‘qilgan), ammo ko‘p o‘tmay o‘chirib tashlangan va uning nusxasi Google keshida saqlanib qolgan.

Muxbirlar tomonidan Qashqadaryoga uyushtirilgan press-tur chog‘ida tayyorlangan ushbu maqola e’lon qilingach, turli shaxslar o‘z amal va «imkoniyat»laridan foydalanib, qo‘ng‘iroqlar bilan maqolani saytdan o‘chirtirishdi. Biroq bu xatti-harakat teskari samara berib, jurnalist va blogerlarning diqqat markaziga tushdi va maqola boshqa platformalar orqali yanada kengroq tarqala boshladi.

Chunki maqolada hech kimga tuhmat qilinmagan, voqea bor bo‘y-basti bilan ko‘rsatilgan. Zero davlat rahbari va hukumatning aholiga ijtimoiy yordam berish borasidagi qaror va topshiriqlarini bajarishda joylardagi rahbarlar haybarakallachilik va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yishayotgani hammada haqli e’tiroz uyg‘otmoqda.

Boz ustiga, davlat rahbari har chiqishida so‘z erkinligini ta’minlash va jamoat nazoratini kuchaytirish haqida gapirib turgan bir davrda eskicha ishlashga o‘rganib qolgan ayrim amaldorlarning ko‘zbo‘yamachilik va so‘z erkinligini bo‘g‘ishga qaratilgan xatti-harakatlari bundan buyon mana shunday teskari samara berishini anglab olishlari kerakmikan...

«Kun.uz» tahririyati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан