Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kusherbayev Amir Temur xiyobonida bo‘lib o‘tgan tartibsizlik haqida — So‘z erkinligi jismoniy kuch ishlatish yoki "provokatsiya"ga chorlash degani emas
29.03.2021 08:38,  
3234

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev kecha Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida ro‘y bergan holat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

"Afsuski, Amir Temur xiyobonida bo‘lib o‘tgan tartibsizlik so‘z erkinligi chegarasini ochiqchasiga buzish va omma o‘rtasida ixtilof chiqarish yo‘lidagi harakat bo‘ldi. Balki ayrim yashirin kuchlarning maqsadiga yetish uchun ayni muddao bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Biroq hozir gap bu haqdamas.

So‘z erkinligi shuki, bunda siz eshitishni istamagan shaxslarning fikriga qo‘shilmasangiz ham unga toqat qilish va pozitsiyangizni g‘oyalar bahsida himoya qilishdan iborat. Va bu hech qachon shaxsiyatga o‘tish yohud «provokatsiya» orqali kuch ishlatishga olib kelishi kerakmas. Agar bu chegarani buzsangiz, demak so‘z erkinligi siz uchunmas. Aynan shu nuqtada so‘z erkinligining chegarasi tugaydi. U yog‘i esa qonunan javobgarlikka sabab bo‘luvchi tartibsizlik va haqoratga olib borishi mumkin.

Agarki, jamiyat buni qabul qilolmasa, demak so‘z erkinligi tushunchasini anglash va undan foydalanishga ma’nan haqli emas.

LGBT masalasida jamiyatning aksari fikr orqali o‘z pozitsiyasini bildirmoqda. Va tabiatan ayol va erkak sifatida dunyoga kelib, tabiiy ravishda umr kechirayotgan saylovchilarimning fikri hamda o‘zimning shaxsiy qarashlarimdan kelib chiqib men ham bunga o‘z munosabatimni bildirdim: LGBT masalasiga qarshiman.

Biroq biz hech bir harakatimizda bunga nisbatan kuch ishlatish yohud tartibsizlik qilishga chaqirmadik. Biz o‘zimizga yoqmasa ham uni mustaqil fikr sifatida toqat qilib tinglashga burchlimiz.

Chunki fuqarolik jamiyatida fikrlar xilma xil bo‘lishini tabiiy qabul qilamiz. Va buni fuqarolik jamiyati sharoitidagi jamoatchilik nazoratining muhim instrumenti sifatida bilamiz. Bu insturmentga putur yetishini istamaymiz.

Bir haqiqat aniq: biz eshitishni istamagan fikr va qarashlar, muammoli masalalar hech qachon kuch ishlatish va tartibsizlik qilish yo‘li bilan hal qilinmaydi.

Shu bois, bo‘lib o‘tgan tartibsizlikni jamiyatning ongli a’zosi sifatida hech qachon oqlay olmayman. Va barchani «olomon jamiyat» qiyofasini ko‘rsatmay, muammolarni bosiqlik bilan «dialog» orqali hal etadigan madaniyatli mamlakat fuqarolari sifatida namoyon qilishga chaqirib qolaman. Biz asli bunday emasmiz-ku!

Tartibsizlik, «olomonlik» va «provokatsiya»ga yo‘l qo‘ymaylik!

Tartibbuzar va bunga chorlovchi «provokator»larga esa qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab qolamiz" deb yozadi deputat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан