Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kutilmagan xabar! BMT diplomati AQSHda o‘lik holda topildi
2.01.2021 22:36,  
692

Nyu-Yorkda BMTda ishlagan 38 yoshli diplomat o‘lik holda topildi.
Bu haqida “New York Post” polisiyadagi manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ayol Manxettendagi kvartirasida topilgan. Polisiya uni o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. Hodisa sodir bo‘lgan joyda jinoyat izlari topilmagan.

Qayd etilishicha, BMTda ikki yil ishlagan diplomat kvartirada yolg‘iz yashagan.
«2020 yil 31 dekabr, payshanba kuni soat 13.40 atrofida polisiya chaqiruvga yetib bordi. Yetib kelinganida, yotoqxonada 38 yoshli ayol hushsiz holda topildi», deyiladi polisiya xabarida.
Manba xabariga ko‘ra, 31 dekabr, payshanba kuni ayolning uyiga mehmon kelgan. Aynan o‘sha kuni ayolning tanishlari qo‘ng‘iroq qilishgan va eshikni taqillatishgan, ammo u hech qanday javob qaytarmagan.
Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан