Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kuz-qish mavsumida kasallikning avj olib ketish ehtimoli bor – Nurmat Otabekov
18.09.2020 16:44,  
376

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov kuz-qish mavsumida kasallik avj olib ketish ehtimoli haqida gapirdi:

"Kuz-qish mavsumi gripp, paragripp, o‘tkir respirator kasalliklar avj oladigan davr hisoblanadi.

Koronavirus qo‘zg‘atuvchisi ham nam va past haroratni yaxshi ko‘radi. Hamma viruslar singari koronavirus qo‘zg‘atuvchisiga ham issiq va quruq havo noqulay hisoblanadi va bunday sharoitda kasallik virusi tezda nobud bo‘lishi mumkin.

Biz hali bilmaymiz yurtimizga xos bo‘lgan respirator kasalliklar virusi bilan koronavirus qo‘zg‘atuvchisi qanday chiqishar ekan.

Mikroorganizmlar hayotiga xos bo‘lgan antogonizm va sinergizm tushunchalari bor.

Agar odamlarda uchraydigan respirator kasalliklar virusi va koronavirus bir biriga antogonist bo‘lsa va kishida boshqacha sinergist mavjud bo‘lsa boshqacha epidemik vaziyatni kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.

Lekin nima bo‘lganda ham ushbu mavsumda kasallikning ko‘tarilishini bashorat qilsak to‘g‘ri bo‘ladi" - dedi mutaxassis.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан