Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kuzda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi
18.06.2020 14:38,  
168

Joriy yilning kuz faslida mamlakatimiz mezbonlik qiladigan U-19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 14-31 oktyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbon sifatida «A» guruhidan o‘rin oldi. Timur Kapadze bosh murabbiyligidagi futbolchilarimizga guruh bosqichida Indoneziya, Kambodja va Eron futbolchi yoshlari raqib sifatida maydonga chiqishadi.

Musobaqaning ilk uchrashuvi O‘zbekiston va Eron qarama qarshiligi bilan boshlab beriladi. Keyingi turlarda Kapadze shogirdlari dastlab Kambodjaga qarshi, so‘ngra Indoneziya yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonda saf tortishadi.

1-tur:

O‘zbekiston - Eron
Indoneziya – Kambodja.

2-tur:

Kambodja - O‘zbekiston
Eron – Indoneziya.

3-tur:

O‘zbekiston - Indoneziya
Kambodja – Eron.

Ma’lumot uchun, ushbu Osiyo chempionatida yarim finalga qadar yetib borgan eng kuchli 4 terma jamoa 2021 yilning yozida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан