Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Kuzminka" metro bekatidagi mushtlashuv tufayli 50 ga yaqin migrant deportatsiya qilindi
20.08.2021 08:38,  
165

Moskvaning “Kuzminka” metro bekatida ommaviy mushtlashuv sodir etganlar ustidan sud hukmi chiqarildi. Unga ko‘ra, 46 nafar migrant Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborildi.

Sud organi qarori bilan 87 nafar xorijlik chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga 90 kun muddatga joylashtirilgandi, – dedi Moskva shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Vladimir Vasenin. Hozirgacha ularning 46 nafari mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Uning aniqlik kiritishicha, bundan avval 87 nafar xorij fuqarosiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilangan. Shuningdek, ularni Rossiya Federatsiyasiga kiritmaslik va mamlakatda bo‘lib turish muddatini qisqartirish haqida qaror qabul qilingan. Sakkiz nafar xorij fuqarosiga esa hodisa bo‘yicha bezorilik bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, Moskva metrosidagi ommaviy mushtlashuv 12 iyul kuni yuz berdi. O‘shanda 102 kishi ushlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан