Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






KXDR va Janubiy Koreya chegarasida otishma yuz berdi
3.05.2020 15:45,  
623

Bugun erta tongda KXDR va Janubiy Koreya chegarasida otishma yuz berdi. Bu haqda “Renxap” agentligi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, o‘q uzishlar mahalliy vaqt bilan soat 07:41 da demarkatsiya chizig‘ining markaziy qismida Janubiy Koreyaning kuzatuv punkti tomon yo‘naltirilgan.

Qisqa vaqt davom etgan otishmada qurbonlar yoki yaralanganlar bo‘lmagan.

Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya harbiylari shay holatda bo‘lib, sodir bo‘lgan voqea sababini aniqlash bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Ta’kidlanishicha, bu kabi hodisalarning qaytarilmasligi uchun kerakli barcha choralar ko‘riladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан