Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






KXShT Qozog‘istonga tinchlikparvarlik kontingentini jo‘natadi
6.01.2022 09:03,  
338

«Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning murojaati munosabati bilan hamda Qozog‘iston Respublikasining milliy xavfsizligi va suverenitetiga, xususan, tashqi aralashuv natijasida yuzaga kelgan tahdidni hisobga olib, KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasining 4-moddasiga muvofiq, ushbu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish maqsadida KXShT kuchlarini cheklangan muddatga Qozog‘iston Respublikasiga yuborishga qaror qildi», — dedi KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi raisi, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.

5 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istondagi tartibsizliklarga sababchi bo‘lgan terrorchi to‘dalar «mohiyatan xalqaro bo‘lib, ular xorijda jiddiy tayyorgarlikdan o‘tgani, ularning Qozog‘istonga hujumini esa tajovuzkorlik harakati sifatida ko‘rish mumkin va kerak»ligini aytgandi.

KXShTning rasmiy hujjatlariga ko‘ra, «agar ishtirokchi davlatlardan biri tajovuzga (xavfsizlik, barqarorlik, hududiy yaxlitlik va suverenitetga tahdid soluvchi qurolli hujum) uchrasa, bu ushbu shartnomaning barcha ishtirokchi davlatlari tomonidan tajovuz (xavfsizlik, barqarorlik, hududiy yaxlitlik va suverenitetga tahdid soladigan qurolli hujum) sifatida baholanadi».
 
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti kotibiyatining xabar berishicha, Qozog‘iston tomonining yordam so‘ralgan murojaatida mamlakatdagi vaziyat «chet eldan tayyorlangan bandit tuzilmalarining bostirib kirishi» sifatida baholangan. 

Maslahatlashuvlardan so‘ng KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi «mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish maqsadida» kollektiv tinchlikparvar kuchlarni Qozog‘istonga cheklangan muddatga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан