Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






KXShTga a’zo uch mamlakat kontingenti Qozog‘istonni tark etdi
14.01.2022 14:13,  
154

KXShTning Qozog‘istondagi Armaniston va Tojikiston tinchlikparvar kuchlari Rossiya harbiy kosmik kuchlariga qarashli harbiy-transport aviatsiyasining to‘rtta samolyotida vataniga qaytarildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.

Il-76 samolyotlari Almati aeroportidan uchib ketgan. Armanistonlik harbiylar uchta samolyotda, tojikistonlik askarlar bir samolyotga uchgan, chunki ular Qozog‘istonga harbiy texnikalar bilan kelmagandi, deyiladi xabarda.

Bundan sal avvalroq IES-2 stansiyasini qo‘riqlayotgan Qirg‘izistonning askarlari uyiga qaytishgan edi.

KXShT tinchlikparvar kuchlarining Qozog‘istondagi amaliyotlarida Rossiya, Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston kontingentlari ishtirok etdi. Ular mamlakatdagi strategik muhim ob’yektlarni qo‘riqlashgan. Ma’lum qilinishicha, Armaniston kontingenti "Aksay" non kombinati va "Drujba" nasos stansisini, tojikistonlik tinchlikparvar kuchlar Almatidagi IES-1 stansiyasini qo‘riqlagan.

13 yanvar kuni KXShTning Qozog‘istondagi amaliyotlari muvaffaqiyatli yakunlangani haqida e’lon qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан