Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






La Liga. O‘z maydonida yutqazgan «Barselona» chempionlik uchun kurashdan chiqdi. «Real» safarda g‘alaba qozondi, «Atletiko»da esa kambek
17.05.2021 08:17,  
126

«Barselona» o‘z maydonida «Selta»ga mag‘lub bo‘ldi va chempionlik poygasidan chiqdi. Mehmonlar Lionel Messining goliga Santi Minaning dubli bilan javob qaytargan holda g‘alabani ilib ketdi.

«Real» safarda «Atletik»dan minimal hisobda ustun keldi. Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol 68-daqiqada Nacho tomonidan kiritildi.

«Atletiko» o‘z maydonida «Osasuna» bilan bahs yuritdi. Madridliklar uchrashuvda kambek namoyish etdi, jamoa 82-daqiqagacha hisobda orqada borayotgandi. Ammo o‘yinning so‘nggi qismida Renan Lodi va Luis Suares gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

«Vilyarreal» «Sevilya» darvozasiga javobsiz 4 ta go urdi. Gollarga Karlos Bakka (het-trik) va Xerar Moreno mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Atletiko»ning ochkolari 83 taga yetdi, jamoa La Ligada peshqadam bo‘lib turibdi. «Real» esa 81 ochko bilan «Atletiko»ni ta’qib qilishda davom etmoqda. «Barselona»da esa chempionlikni qo‘lga kiritish uchun hech qanday imkoniyat qolmadi.

La Liga

37-tur bahslari

16 may, yakshanba

«Barselona»—«Selta» 1:2

Gollar: 1:0 – 28 Messi, 1:1 – 38 Santi Mina, 1:2 – 89 Santi Mina.

«Barselona»: ter Stegen, Pike (Dest, 64), Arauxo, Langle, Alba, Moriba (Pyanich, 86), Buskets, Dembele (Trinkau, 70), Pedri (Puch, 46), Messi, Grizmann (Breytueyt, 70).

«Selta»: Vilyar, Arauxo, Aaron Martin, Vaskes, Dominges, Mendes, Beltran (Sotelo, 90), Denis Suares, Nolito (Solari, 69), Santi Mina, Aspas (Baesa, 78).

Ogohlantirishlar: Dominges (51), Puch (56), Langle (73).

Chetlatish: Langle (83).

«Atletik B»—«Real M» 0:1

Gol: 0:1 – 68 Nacho.

«Atletik»: Unai Simon, Martines, Balensiaga, de Markos, Yeray Alvares, Sanset (Unai Lopes, 72), Vensedor (Ibai Gomes, 73), Berenger, Dani Garsiya (Vesga, 65), Morsilyo (Raul Garsiya, 65), Uilyams (Vilyalibre, 65).

«Real Madrid»: Kurtua, Odriosola, Militao, Nacho, Migel Guterres, Valverde, Modrich, Rodrigo (Azar, 77), Kazemiro, Vinisius Junior (Asensio, 59), Benzema.

Ogohlantirishlar: Berenger (14), Raul Garsiya (79), Martines (80), Nacho (82).

Chetlatish: Raul Garsiya (89).

«Atletiko M»—«Osasuna» 2:1

Gollar: 0:1 – 75 Budimir, 1:1 – 82 Lodi, 2:1 – 88 Suares.

«Atletiko»: Oblak, Felipe, Ermoso (Lodi, 66), Savich, Tripper, Koke, Lorente (Errera, 80), Karrasko, Saul (Joau Feliks, 66), Korrea (Dembele, 80), Suares (Kondogbia, 90).

«Osasuna»: Errera, Xuan Krus, Ramalo, Unai Garsiya, David Garsiya, Ruben Garsiya, Brashanas (Chimi Avila, 90), Barxa (Torro, 77), Monkayola, Xoni Rodriges (Roberto Torres, 65), Budimir (Galego, 77).

Ogohlantirishlar: Budimir (76), Brashanas (84), Suares (89).

«Vilyarreal»—«Sevilya» 4:0

Gollar: 1:0 – 34 Bakka, 2:0 – 47 Bakka, 3:0 – 66 Xerar Moreno, 4:0 – 79 Bakka.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан