«ROODELL» MChJ - O‘zbekistondagi «LADA» avtomobillarining rasmiy importchisi - «LADA» 4x4 rusumli avtomashinalar lizing asosida sotib olish dasturidan foydalangan holda 29,9 million so‘mga xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi.
4x4 avtomashina seriyasi o‘zining ishonchliligi va yuqori o‘tuvchanligi qobiliyati orqali o‘z davrining haqiqiy afsonasiga aylandi. Ushbu avtomobillarning liniyasi 3 va 5 eshiklik hamda zamonaviy Urban versiyada namoyish etilgan.
Siz «LADA» 4x4 rusumidagi har qanday modelni quyidagi qulay sharoitlarda lizing dasturi bo‘yicha olishingiz mumkin:
- yillik stavka 16,7% dan boshlab;
- boshlang‘ich to‘lov 29 900 000 so‘mdan boshlab;
- 20 000 000 so‘mgacha foyda bilan.
Aksiya 2020-yilning 15-dekabrgacha amal qiladi. Shoshiling, aksiyada ishtirok etayotgan mashinalar soni cheklangan.
Ma’lumot uchun: «LADA» 4x4 - Rossiyaning kuchli transport vositalari oilasi hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu uchinchi avlod avtomobillari o‘zining taniqli ko‘rinishini saqlab qolgan holda, ko‘plab modifikatsiyalarga ega bo‘ldi.
«LADA» 4x4 rusumli avtomashinalarni sotib olishning amaldagi dasturi haqidagi barcha rasmiy ma’lumotlarni LADA.uz rasmiy veb-saytidan olishingiz, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998 71 215-02-30.
Rasmiy ma’lumotlarni LADA.uz rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.