Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






LADA Niva Travel – afsonaning yangi ko‘rinishda qaytishi
8.02.2021 18:40,  
498

Bu LADA Niva Travel – tabiatni zabt etish uchun ham, shahar ichidagi har kunlik safarlar uchun ham birdek a’lo darajada moslashtirilgan avtomobil. Ushbu avtomobil 2021-yilda O‘zbekistonlik xaridorlar oldida yangi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: krossover afsonaviy ishonchlilik va murakkab yo‘llardan o‘ta olish xususiyatini saqlab qolgan, yangi tashqi dizayn esa yangilangan modelni qabul qilishni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqdi.

LADA Niva Travel avtomobilining tashqi ko‘rinishi sezilarli darajada o‘zgardi hamda yanada o‘z tabiatiga xos va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. Yanada katta hajmli kapot, radiator panjarasining yirik kataklari va yangi, e’tiborni tortadigan faralar avtomobilning shiddatli tabiatini to‘lig‘icha namoyon etadi. Yon tomondagi moldinglar va g‘ildirak arkalarining relefli kengaytirgichlari g‘ildirak disklarining yangi dizayni bilan birgalikda modelning mislsiz yo‘ltanlamaslik xususiyatlarini yaqol namoyon etadi. Avtomobilning orqa qismiga ham o‘zgartirishlar kiritilgan, bular svetodiodli faralar va salmoqli bamperdir.

Off-road yo‘nalishida ishlangan Niva Travel timsoli shtatli shnorkel, yo‘ltanlamas shinalar va bo‘yalmagan, mustahkam plastikdan yasalgan to‘siq bilan boyitilgan, u tabiat qo‘yniga uyushtirilgan safarlar chog‘ida kuzovni himoya qiladi, shuningdek, yuqori kontrastlilik va ekspressivlikka erishish hisobiga shahar ko‘chalarida ham juda chiroyli ko‘rinadi.

LADA Niva Travel avtomobillarining barchasi doimiy to‘liq uzatish tizimi bilan jihozlangan, bu tizim burovchi momentni barcha tizimlarga teng taqsimlanishini, shuningdek, o‘qlararo differensialni mexanik bloklash va pasaytiruvchi uzatmalar qatorini ishga tushirish imkoniyatlarini ta’minlab beradi.

LADA Niva Travel avtomobilidagi ixcham kuzov, o‘qlar orasidagi optimal oraliq masofa, o‘qlarning markazidan chetki hadlargacha bo‘lgan qismning qisqaligi va yuqori klirens turli murakkab sharoitlarda ham har qanday yo‘llardan o‘ta olish qobiliyatini ta’minlab beradi. Katta energiya sig‘imili osma tizim murakkab yo‘llarda harakatlanish qulayligini ta’minlaydi.

Osma tizimga qo‘shimcha ravishda atrof bemalol ko‘rinib turadigan ergonomik va keng salon, kuchli konditsioner, shovqin va vibratsiyadan ishonchli himoya, qulay o‘rindiqlar va rangli displeyga ega funsional multimedia tizimi haydovchi va yo‘lovchilarga zamonaviy qulaylikni taqdim etadi.
 
LADA Niva Travel avtomobillari bilan O‘zbekiston hududidagi barcha rasmiy dilerlik markazlarida tanishib ko‘rishingiz mumkin – ma’lumot uchun ilova.

https://lada.uz/uz/cars/niva/niva_travel/

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан