Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Latviya prezidenti rus tilli telekanallarni cheklashni taklif qildi
11.02.2020 19:09,  
218

Latviya prezidenti Egils Levits mamlakat kabelli tizimida Yevroittifoqning rasmiy tillaridagi televizion dasturlar nisbatini ko‘paytirish taklifi bilan chiqdi. 

Davlat rahbari Seymning (Latviya parlamenti) inson huquqlari va jamoat ishlari komissiyasiga ayni taklif bilan murojaat qilgan. Uning taklifiga ko‘ra, televizion dasturlarning 80%i Yevroittifoq tillarida, 20%i esa xorijiy tillarda bo‘lishi kerak – rus tili Latviyada xorijiy til maqomida.

Levitsning fikricha, kabel tarmoqlarining foydalanuvchilariga o‘z televizorlarida Latviya mediasi va mintaqaviy dasturlarni ko‘proq tomosha qilish imkonini berish kerak. 

“Kuchli axborot maydoni – mamlakat xavfsizligi va Latviyadagi demokratiya uchun eng asosiy omil. Latviya aholisining sifatli va turfa fikrli teledasturlarni ko‘rish imkoniyati qonunchilik darajasida bo‘lishi kerak. Bu Latviyaning Yevropa madaniy muhitiga mansubligini mustahkamlab, aholining Yevropa axborot yo‘nalishiga qo‘shilishini ta’minlaydi”, deydi prezident.      

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан