Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Lavrov O‘zbekiston yuzasidan tashvishda ekanini aytdi
14.08.2021 10:54,  
5480

Rossiya tashqi ishlar vaziri AQShning o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi, hamda Afg‘oniston hukumatining Tolibonlarga nisbatan dushmanlik kayfiyati bugungi kundagi vaziyatga sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Juma kuni jurnalistlar bilan suhbatda Sergey Lavrov Afg‘oniston hukumati mamlakat kelajagi haqida Tolibon bilan muzokaralar olib borishni istamaganligini aytdi.

"Shu nuqtai nazardan, Tolibon vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga harakat qildi", dedi Lavrov.

Juma kuni Tolibon mamlakat janubidagi bir qator hududlarni egallab oldi. Kelgusi kunlarda, agarda vaziyat o‘zgarmasa, poytaxt ham ularning qo‘liga o‘tishi mumkin.

Shu bilan birga, vazir muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi va Afg‘oniston bilan chegaradosh O‘zbekiston va Tojikiston yuzasidan tashvishda ekanligini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан