Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Lazgi» Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
13.12.2019 12:11,  
180

«Xorazm Lazgi raqsi» Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismi sifatida kiritildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

Bu haqdagi qaror 12 dekabr kuni Kolumbiyaning Bogota shahrida o‘tgan YuNESKOning Nomoddiy merosni asrash hukumatlararo qo‘mitasi majlisida qabul qilindi.

O‘zbekistondan YuNESKOdagi O‘zbekiston Elchisi U. Shodiyev boshliq delegatsiya ishtirok etdi.

Endi YuNESKO tarafidan bu nomoddiy merosni asrash va ommalashtirish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqadi.

Endilikda O‘zbekiston hukumati tomonidan ushbu ro‘yxatga «Baxshichilik» san’ati va etnik sport turlarini kiritish uchun harakat boshlandi.

Bugungi kunga qadar YuNESKOning Insoniyat nomoddiy merosi reprezentativ ro‘yxatiga «Boysun madaniy muhiti» (2008), «Shashmaqom» (2008), «Katta ashula» (2009), «Askiya ijrochiligi» (2014), «Navro‘z bayrami» (2016), «Palov va osh bilan bog‘liq an’ana va qadriyatlar» (2016) kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан