Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Legiya” bosh murabbiyi nega Yaxshiboyevga ishonmoqda?
15.02.2021 08:59,  
283

Bundan buyon o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari kuzatib boradigan xorijiy chempionatlar – Italiya, Rossiya, Belarus ligalari qatoriga Polsha Ekstraklassasi ham qo‘shildi. Chempionlik unvonini munosib himoya qilish maqsadida kurashayotgan “Legiya” klubi o‘z safiga hujumkor futbolchimiz Jasur Yaxshiboyevni qo‘shib oldi.

Jasur Yaxshiboyev o‘tgan yili Belarus chempionatidagi mazmunli va sermahsul o‘yini orqali nafaqat o‘zbekistonlik, balki yevropalik muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi. Iste’dodli futbolchimiz oldida yangi marra – Polsha futbolida ham o‘ynay olishini isbotlash vazifasi turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mutaxassis va muxlislarning Yaxshiboyev transferi bo‘yicha fikr-mulohazalari tarqalmoqda. E’tiboringizga, Jasurning yangi jamoaga uchun bildirilayotgan munosabatlarni havola etamiz.

Dastavval, “Legiya” bosh murabbiyi Cheslav Mixnevichning Yaxshiboyev transferi bo‘yicha juda iliq fikrlarni aytganini alohida ta’kidlash lozim.

Cheslav Mixnevich:

Biz Jasurbekka juda katta umid bog‘laganmiz. Men uning o‘yinini amalda ko‘rmagan bo‘lsam-da, bu futbolchining qiymati yuqori ekanini yaxshi bilaman. Albatta, boshida undan mo‘’jiza kutmayman. Futbolchi yangi muhitga va begona joyga ko‘nikib olishi uchun muayyan vaqt kerak bo‘ladi. Barcha bilan do‘stlashib ketishi va bizga nimalarga qodir ekanini isbotlashi uchun unga yetarlicha imkon beriladi. Men uning o‘yini muhrlangan videotasvirlarni tomosha qildim va ishtiyoqim oshdi.

Yaxshiboyev bir necha pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynay oladigan futbolchi. Jasur 4-3-3 sxemasida qanot futbolchisi vazifasini to‘la uddalay oladi. U hujumga aloqador har qanday pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynaydi. Bu uning asosiy ustun jihatlari.

Shuningdek, turli mamlakatlar muxlislari ham quyidagicha fikr bildirdi:

Stepan Lucheyko:

Juda yaxshi hujumchi. Chap oyoqda zo‘r o‘ynaydi. Polshaliklar uni juda arzon narxga qo‘lga kiritdi.

Modnyaviy Sasha:

Jasurga qiziqqan “Dinamo Kiyev”ga “ikkinchi Shatskix”ni olish nasib qilmadi.

Fantomas67:

“Legiya”ni tanlab adashmadi. Jamoa Polsha chempionatida hozircha ikkinchi o‘rinda.

Grodnenski:

“Legiya” Polshada eng ashaddiy muxlislarga ega ajoyib jamoa. Jasurning shu klubga qo‘shilgani  yaxshi bo‘ldi. O‘ynab keta olsa, boshqa katta klublarga o‘tish imkoni bo‘ladi.

Denunited:

Bozori chaqqon yigitku.

Czesare:

“Paxtakor” 300 ming yevro olibdi. Klub menejmenti zaif ekan.

Shurik 777:

“Legiya”ni tabriklaymiz. Zo‘r o‘yinchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан