Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Lionel Messi — 2021 yilgi «Oltin to‘p» sohibi. Bu Messi uchun 7-sovrin
30.11.2021 08:15,  
124

France Football nashri 2021 yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p» sohibini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «PSJ» klubi (bungacha «Barselona»da o‘ynagan) va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Shu tariqa Messi faoliyatidagi yettinchi «Oltin to‘p»ga ega chiqdi. 

2021 yilda Messi «Barselona» bilan Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi va 2020/21 yilgi mavsumni 30 ta gol bilan La Liganing eng yaxshi to‘purari sifatida yakunladi. Argentina terma jamoasi bilan esa ilk bor Amerika Kubogida g‘alaba qozondi.

Qayd etish kerak, Messi qo‘lga kiritilgan «Oltin to‘p»lar soni bo‘yicha eng yaqin ta’qibchisi Krishtianu Ronaldudan (2021 yilda 6-o‘rinni egalladi) 2 taga oldinda. Portugaliyalikning hisobida 5 ta «Oltin to‘p» bor.

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski esa yilning eng yaxshi juchumchisi deb topildi. France Football bu yildan ushbu mukofotni bir kalendar yilida klub va terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan futbolchiga topshiradi.

2021 yilda Levandovski 64 ta gol urdi. Krishtianu Ronalduda bu ko‘rsatkich 42, Lionel Messida esa 41 tani tashkil qildi.

«Oltin to‘p—2021» sovringa da’vogarlik qilgan futbolchilar kuchli o‘nligi bilan tanishing:

1. Lionel Messi (Argentina, «PSJ»);

2. Robert Levandovski (Polsha, «Bavariya»);

3. Jorjino (Italiya, «Chelsi»);

4. Karim Benzema (Fransiya, «Real»);

5. Ngolo Kante (Fransiya, «Chelsi»);

6. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Manchester Yunayted»);

7. Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul»);

8. Kevin de Bryuyne (Belgiya, «Manchester Siti»);

9. Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ»);

10. Janluiji Donnarumma (Italiya, «PSJ»).

Shuningdek, nashriyot quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblarni e’lon qildi:

Pedri («Barselona») — yilning eng yaxshi yosh futbolchisi;

Aleksiya Puteliyas («Barselona») — yilning eng yaxshi ayol futbolchisi;

Janluiji Donnarumma («PSJ») — yilning eng yaxshi darvozaboni;

«Chelsi» (Angliya) — yilning eng yaxshi klubi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан