Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Litva Lukashenko va yana 117 belarusni "qora daftar" ga kiritdi
26.08.2020 18:21,  
170

Litva Tashqi ishlar vazirligi Belorus Prezidenti Aleksandr Lukashenko va respublikaning boshqa 117 mulozimini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Litva tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Rasu Yakilaytene bayonotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, yangilangan ro‘yxat allaqachon Boltiqbo‘yi mamlakati Ichki ishlar vazirligiga yuborilgan.

Ilgari Litvaning sanksiyalar ro‘yxatiga 32 kishi kiritilgan edi, Vilnyusga ko‘ra, ular Belorusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari natijalarini qalbakilashtirish va namoyishchilarga qarshi asossiz kuch ishlatish bilan bog‘liq.

9 avgust kuni Belorusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Respublikadagi saylov uchastkalari yopilgandan so‘ng natijalarning soxtalashtirilganiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyish paytida xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, shovqinli granatalar va rezina o‘qlardan foydalangan.

Keyinchalik mamlakatda yirik sanoat korxonalarida ish tashlashlar boshlanib, ishchilar yangi saylovlar o‘tkazishni va namoyishchilarga nisbatan shafqatsiz munosabatni to‘xtatishni talab qildilar. Muxolifat nomzodlarining barcha shtab-kvartiralari rasmiy natijalarni tan olmaganliklarini e’lon qilishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан