Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Livanda vatsap solig‘iga qarshi norozilik aksilhukumat namoyishlariga aylanib ketdi
20.10.2019 01:08,  
126

Livanda soliqlarning oshirilishi va amaldorlarning poraxo‘rligiga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. VVS xabariga ko‘ra, poytaxt Bayrutdagi hukumat binosi oldida yig‘ilganlar mamlakatdagi siyosiy tizimning butkul o‘zgartirilishini talab qilgan.

Norozilik namoyishlari va to‘polonlardan keyin Bayrut ko‘chalari jang maydoniga o‘xshab qolgan: oynalar sindirilgan, chiqindi qutilari ag‘darib tashlangan, shinalar yoqilgan. Aksar restoranlar va do‘konlar yopiq.

Noroizilik namoyishlari butun mamlakatga yoyilgan. Namoyishlar 17 oktyabr kuni hukumatning soliq siyosatiga, xususan, vatsap va boshqa messenjerlar orqali amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar uchun oyiga 6 dollarlik to‘lov joriy etish rejasiga qarshi boshlandi. Keyinroq hukumat bu rejasidan voz kechdi, lekin namoyishlar to‘xtamadi.

Livan dunyo bo‘yicha davlat qarzi eng katta bo‘lgan mamlakatlardan biridir – 86 milliard dollar. Hukumat byudjetdagi defitsitni qisqartirish maqsadida yangi soliq joriy etmoqchi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан