Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Premer-liganing markaziy o‘yinida «Liverpul» «Chelsi»ni mag‘lub etdi (video)
21.09.2020 10:29,  
132

Angliya Premer-ligasi 2-turi doirasidagi markaziy o‘yin «Chelsi» va «Liverpul» o‘rtasida o‘tkazildi.

Londondagi uchrashuvning kulminatsion voqeasi 1-bo‘lim yakunida yuz berdi. Manega ishlatilgan qo‘pollikni VAR orqali takror ko‘rgan bosh hakam mezbonlar himoyachisi Kristiansenni maydondan chetlatdi.

Ikkinchi bo‘limda son jihatdan maydonda ustunlik qilgan Yurgen Klopp shogirdlari Sadio Manening ikki goli evaziga muhim g‘alabaga erishishdi. Sadio 50-daqiqada Firminoning ajoyib uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 4 daqiqa o‘tib «aristokratlar» darvozaboni Keraning qo‘pol xatosini jazoladi – 2:0.

75-daqiqada Alkantaraning Vernerga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun belgilangan 11 metrlik jarima zarbasidan Jorjinyo foydalana olmadi – Alisson duelda ustun keldi.

Mavsumdagi ketma-ket 2-g‘alabadan keyin «Liverpul» 6 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi. To‘plar nisbatiga ko‘ra, amaldagi chempiondan faqatgina «Everton» va «Arsenal» yaxshiroq ko‘rsatkich ko‘rsatmoqda.

APL. 2-tur. 20 sentyabr. Chelsi – Liverpul 0:2

Gollar: 0:1 – 50 Mane, 0:2 – 54 Mane.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан