Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Liviyada urush qaynayapti - Misr o‘z qo‘shinlarini kiritish niyatida
21.06.2020 15:42,  
417

Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi Misrning Liviya urushidagi har qanday aralashish qonuniyligini ma’lum qildi.

U tegishli bayonotni Liviya bilan chegara yaqinida joylashgan Sidi Barrani bazasidagi quruqlikdagi kuchlar bo‘linmalariga tashrifi chog‘ida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Misrning Liviyadagi har qanday aralashuvi chegara xavfsizligini ta’minlashga, qon to‘kilishiga barham berishga va "BMT shafeligida keng qamrovli siyosiy jarayonni boshlashga" qaratilgan.

Misr rahbari rasmiylar strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Sirte shahri va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Liviya milliy armiyasi (LMA) tomonidan nazorat qilinadigan al-Jufra munitsipaliteti tortib olinishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

Mamlakat parlamenti as-Sisining Liviya bilan bog‘liq har qanday qarorini qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidladilar.

Hozirda Yaqin Sharqdagi asosiy urush Liviya davom etmoqda. Mamlakatda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Milliy kelishuv hukumati (MKH) hamda Rossiya qo‘llovidagi Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi (LMA) kuchlari jang qilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан