Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






London metrosi yopilyapti
19.03.2020 12:27,  
160

Shu kunlarda London koronavirus pandemiyasining Britaniyadagi o‘chog‘iga  aylandi. Shuning uchun hukumat aynan poytaxtda virusga qarshi kurashni kuchaytirdi.

Bugun, payshanba kuni London metrosining boshqa yo‘nalishga almashish amalga oshirilmaydigan 40 ta bekati yopilyapti. Ertaga, juma kunidan boshlab esa eng qisqa – 2,5 km masofali Vaterloo-Siti yo‘nalishi to‘liq yopiladi. Shuningdek, metroning tungi ish vaqti qisqaryapti, avtobuslar soni ham kamaytirilyapti

Barcha fuqarolardan jamoat transportidan faqat eng muhim ehtiyojlar uchun foydalanish so‘ralyapti. 

Bundan tashqari, chorshanba kuni kechqurun Daily Telegraph gazetasidan CNN telekanaliga qadar bir qator nashrlar o‘z manbalariga tayangan holda hukumat kelayotgan dam olish kunlarida pivoxonalar, oshxonalar va boshqa muassasalarni yopishi hamda fuqarolardan uyda o‘tirishni talab qilishi mumkinligi haqida xabar qildi. 

Times gazetasining hukumatdagi manbasi aytishicha, “Britaniya bosh vazirining fuqarolarni uyda qolishga chaqirig‘i inkor etilgani” tufayli ushbu choralarga qo‘l urilyapti. 

Dushanba kuni Boris Jonson britaniyaliklardan jamoat joylariga bormaslikni so‘ragan, uning 79 yoshli otasi Stenli Jonson esa o‘z intervyusida “Agar kerak bo‘lsa, men pivoxonaga boraveraman”, deb aytgandi. 

London metrosi (London Underground) – Buyuk Britaniya poytaxti Londondagi metro yo‘nalishlari tizimi bo‘lib, dunyodagi eng yirik metrolardan sanaladi. Uning umumiy uzunligi 402 km bo‘lib, 11 yo‘nalishdagi 270 ta bekatdan iborat. Bekatlarning 45%i yer ostida joylashgan.  

London metrosidan bir kunda 5 million yo‘lovchi foydalanadi, bir yillik yo‘loovchi tashish sig‘imi esa 1 milliard 357 million kishini tashkil etadi (2018 yildagi ma’lumot). 

Ushbu metro dunyodagi eng qadimiy yerosti transport turi bo‘lib, uning birinchi yo‘li 1863 yil 10 yanvarda Peddington va Ferringdon bekatlari oralig‘ida ochilgan. O‘sha paytda poyezdlar gaz biloan yurgan. 1890 yilda esa London metrosi dunyoda birinchilardan bo‘lib elektrlashtirilgan. Ikkinchi Jahon urushi yillarida metro o‘n minglab qochqinlar uchun bombapanoh vazifasini o‘tagan.      

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан