Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Londonda ko‘rgazmalar zali markazi kasalxonaga aylantiriladi
25.03.2020 15:23,  
64

Buyuk Britaniya London sharqidagi ko‘rgazma markazini koronavirus bilan kasallanganlar uchun 4 ming o‘rinli kasalxona sifatida qayta jihozlaydi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokka tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

"Londondagi ExCeL ko‘rgazmalar majmuasida vaqtinchalik kasalxona ochiladi, unda har biri 2 ming o‘rinli ikkita bo‘lim mavjud bo‘ladi", - dedi vazir brifing chog‘ida.

Vazir, shuningdek, hukumat 250 ming ko‘ngllini koronavirusga qarshi kurashda ishga jalb qilish niyati borligini ochiqladi. 

Shifoxonadgi vrachlar soni tibbiyot oliygohlarining bitiruvchi kurs talabalari hisobiga to‘ldiriladi.

Xenkok koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yanada jiddiy choralar ko‘rilishini istisno qilmadi.

Seshanba kunidan beri Britaniyada karantin joriy qilingan - aholiga favqulodda holatlarsiz uylarini tark etish, ikki kishidan ko‘proq odam yig‘ilishi taqiqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан