Londonda masjiddagi insonlarga bolg‘a bilan hujum qilmoqchi bo‘lgan kishi qo‘lga olindi

Londonda masjiddagi insonlarga bolg‘a bilan hujum qilmoqchi bo‘lgan kishi qo‘lga olindi

Britaniya politsiyasi Londonda joylashgan masjidlardan birida bolg‘a bilan qurollangan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Politsiya dushanda kuni soat 4-33 da masjidga, Sautxolleda bog‘la bilan qurollangan shaxs borligi haqida xabar bilan chaqirtirildi...”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, 38 yoshli erkak kishilarga hujum qilmoqchi bo‘lgan. Politsiya yetib kelguniga qadar u masjiddagi kishilar tomonidan qo‘lga olindi.  

“Kishilarga og‘ir jarohat yetkazishga harakat qilishda gumonlangan kishi qo‘lga olindi va London g‘arbiy qismida joylashgan politsiya uchastkasiga olib kelindi”, - deyilgan politsiya xabarida.

Politsiya bu hodisani terrorizmga bog‘lashmayapti. Huquq tartibot organ xodimlari so‘zlariga ko‘ra, bir kun avval erkak va masjidga kelgan kishilar o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan.